Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
munosabat
Surxondaryoda tergovga olib ketilgan shaxsning o‘limi holati yuzasidan yakuniy maʼlumot
03 Apr
2025-yil 28-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Surxondaryo viloyatida fuqaro T.Xaitovning Termiz shahridagi maʼmuriy qamoqxonaga olib borilayotgan paytda yo‘lda  sog‘lig‘ining yomonlashgani sababli vafot etgani holati yuzasidan rasmiy munosabat bildirilgan va ushbu holat nazoratga olingani maʼlum qilingan edi.
“XAROMXOR XOKIMLAR SAYXUNOBODA!” nomli xabar o‘rganildi
01 Apr
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Xaromxo‘r hokimlar Sayhunobodda!” sarlavhali videoda fuqaro Shahnoza Ahmedova tomonidan qurilgan bino adolatsiz sudlar sababli buzilayotgani haqida xabarlar tarqaldi, lekin, unda murojaat tafsilotlari to‘liq ochiqlanmagan edi. Fuqaroning mulk huquqlari buzilayotgandek talqin qilingan mazkur xabar Ombudsman tomonidan nazoratga olinib o‘rganildi.
Noqonuniy qurilish ishlari va sud qarorlarining ijro etilmayotgani holati Ombudsman tomonidan o‘rganilmoqda
26 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumanidagi “Qorasaroy” turar majmuasi aholisi murojaati yuzasidan o‘rganish boshlandi.
MAHKUM HUQUQLARINING BUZILISHI HOLATI OMBUDSMAN NAZORATIGA OLINDI
25 Mar
Ombudsmanga 50-son Manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum T.I. koloniya xodimlari tomonidan qiynoqqa solinib, so‘ng asossiz ravishda intizomiy bo‘linmaga joylashtirilgani haqida murojaat qildi.
Surxondaryodagi tergovga olib ketilgan shaxsning o‘limi holati Ombudsman nazoratiga olindi
28 Fev
Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davomida 50 yoshli fermer Toxir Xaitov ma’muriy qamoqqa olingani va keyinroq vafot etgani haqidagi xabarlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
“Ombudsman qutisi”ning noqonuniy ochilishi holati tekshirildi
19 Fev
Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi 22-sonli jazoni ijro etish muassasasida “Ombudsman qutisi” viloyat prokurori o‘rinbosari va koloniya maʼmuriyati tomonidan noqonuniy ravishda ochilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Tovoqsoyda mahkum vafoti: Ombudsman holatni nazoratga oldi
18 Fev
Joriy yilning 16 fevral kuni Tovoqsoydagi 7-son JIEKda jazo muddatini o‘tayotgan mahkum M.T.ning vafot etgani holati ham Ombudsman nazoratiga olindi.
Olmaliqdagi koloniyada vafot etgan mahkum holati Ombudsman nazoratiga olindi
18 Fev
Ijtimoiy tarmoqlarda “Olmaliqdagi koloniyadan mahkumning o‘ligi chiqdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Unda marhumning onasi joriy yilning 26-28 yanvar kunlari o‘g‘li bilan uzoq muddatli uchrashuvda bo‘lgani va u sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday shikoyat qilmaganini maʼlum qilgan.
Ayollar koloniyasi haqidagi xabarlar joyiga chiqib o‘rganildi 
28 Yan
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumanidagi 21-sonli ayollar jazoni ijro etish muassasasida mahkumalarga nisbatan munosabat, ularning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi cheklanayotgani va qishki mavsumda yetarli sharoitlar yaratilmagani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Mazkur holat nazoratga olinib, bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. 
2024 yilda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarlik holatlari 42 %ga oshgan - Ombudsman
27 Yan
2024 yilda Ombudsmanga fuqarolardan iqtisodiy huquqqa oid 6 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 9 foizi firibgarlik holatlari bilan bog‘liq. Fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari asosida turli tijorat banklaridan kredit ajratish holatlari sezilarli darajada ko‘paygan. 2023 yilda shunday murojaatlar soni 110 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 42 foizga oshgan.
Sobiq eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qiz haqidagi xabar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot
13 Dek
2024 yilning 29 iyul kuni Sobiq eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qiz holati Ombudsman tomonidan o‘rganilayotgani bo‘yicha munosabat eʼlon qilingan edi.
Kosondagi 10-sonli Jazoni ijro etish koloniyasidagi holat o‘rganildi - Ombudsman
11 Dek
Ijtimoiy tarmoqlarda “Kosondagi JIEMda himoyamdagi shaxsga kuchli bosim bo‘lmoqda. Koloniya rahbariyati menga ham tahdid qilyapti” sarlavhasi ostidagi eʼlon qilingan xabar Ombudsmanning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan jamoatchilik vakillari bilan birga zudlik bilan monitoring amalga oshirilgan holda o‘rganildi.