2024 yilda Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 23 422 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 2747 tasi maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari, intizomiy qismlar, majburiy davolash muassasalaridagi shaxslardan va ularning vakillaridan yuborilgan.