Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
АKKREDITАTSIYA TАRTIBI
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi «O`zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to`g`risida»gi 243-son qaroriga asosan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan muxbirlarni akkreditatsiya qilish bo`yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman)ga akkreditatsiyadan o`tish istagida bo`lgan OАVni mazkur Qarorda belgilangan tartibdagi tegishli buyurtmani hamda unga

-        ommaviy axborot vositasining nomi va turi;

-        ixtisoslashuvi;

-        tarqalish hududi;

-        elektron pochta manzili;

-        tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;

-        akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirlarning familiyasi, ismi va otasining ismi;

-        kasb vazifalarini bajarish uchun muxbirlar o`zi bilan birga olib yurishi zarur bo`lgan texnik jihozlar;

-        muxbirlarning xizmat mavqei, pasporti, diplomi nusxalari, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami hamda belgilangan shakldagi to`rtta fotosuratni ilova qilgan holda ma`lumotni taqdim etilishi so`raladi.

Yuborilgan so`rov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) tomonidan tashkil etilgan Аkkreditatsiya komissiyasining ekspert guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko`rib chiqiladi.

Muxbirni akkreditatsiya qilish to`g`risidagi buyurtmanoma akkreditatsiya qiladigan organ tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab bir oy mobaynida ko`rib chiqiladi.

Аkkreditatsiya qilinadigan muxbirlar soni tahririyat tomonidan akkreditatsiya qiluvchi organ bilan birgalikda belgilanadi.

Ijobiy qaror chiqarilgan taqdirda akkreditatsiya qiluvchi organ qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakl bo`yicha O`zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish to`g`risidagi guvohnomani rasmiylashtiradi va taqdim etadi.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VAKILLARINI DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI HUZURIDA AKKREDITATSIYA QILISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDAGI NIZOM