So‘ngi yillarda fuqarolarning xususiy mulkka bo‘lgan huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼbiri bilan aytganda, “Biz jismoniy va yuridik shaxslarning mulk huquqi kafolatlarini taʼminlash maqsadida xalqaro andozalarga javob beradigan islohotlarimizni bundan buyon ham qatʼiy davom ettiramiz”.
Har qanday inson uchun eng muhim mulk, avvalo bu uning uy-joyidir.
Fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, shuningdek, boshqa xalqaro hujjatlarda ham begilangan bo‘lib, ushbu xalqaro hujjatlarda belgilangan qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topgan.