Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Mahkumni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmagan deb topish masalalari Ombudsman mintaqaviy vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilmoqda
09 Apr
Xabaringiz bor, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarni tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganligini aniqlash yuzasidan tegishli komissiyalar faoliyat yuritmoqda.
Xotin-qizlar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirishga oid zamonaviy yondashuvlar muhokama qilindi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan xabarlar tahlili ko‘rsatmoqdaki, ayollar huquqlarini mustahkamlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi islohotlar izchil davom etishi dolzarb ahamiyatga ega.
Ombudsman Osiyo-Tinch okeani forumiga aʼzo bo‘ldi
04 Apr
2025-yil 4-aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning Osiyo-Tinch okeani forumi direktori Kiren Fispatrik o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman anonim so‘rov o‘tkazdi: Nega probatsiya nazoratidagi shaxslar tanlandi?
03 Apr
Mahkum va mahbuslarning murojaat qilish huquqini taʼminlash masalasi Ombudsman nazoratidagi dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. 2023-yilda Ombudsman nomiga mahkum va mahbuslar hamda ularning yaqinlaridan jami 2662 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 984 tasi bevosita mahkumlar tomonidan yuborilgan bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 18,5 foizga kamaygan.
Ombudsman BMT Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkiloti vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi
02 Apr
Bugun, 2 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Endryu Djeremi Grey bilan uchrashdi.
Ochiq muloqot: fuqarolar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat yuborishmoqda?
02 Apr
Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganda eng ko‘p murojaatlar aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, pensiya, sud jarayonlari hamda uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘g‘ri kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu sababli “Ombudsman maktabi” tadbirlarida ayni shu mavzular tanlab olinib, tegishli tashkilot vakillari jalb qilindi hamda mazkur tadbirlarda aholiga qulayliklar yaratish borasida ularga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar haqida huquqiy xabardorligi oshirildi.
“O‘quvchi – kelajak himoyachisi: Ombudsman soatida ekologik taʼlim”
26 Mar
Siz bolaligingizda atrof-muhitni himoya qilish va ekologik majburiyatlaringiz haqida qayerdan o‘rgangansiz? Hozirda o‘quvchilar buni maktabda, “Ombudsman soati” darslarida o‘rganishmoqda.
Ombudsman BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi vakili bilan uchrashdi
25 Mar
2025-yil 25-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning O‘zbekistondagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Oliver Shtolpe bilan uchrashdi.
Navro‘z bayrami munosabati bilan mahkumlar o‘rtasida bir qator ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
21 Mar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tasdiqlagan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq yosh mahkumlarning aqliy salohiyatini oshirish va fikrini teran qilish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Buxoroda Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
20 Mar
Xabaringiz bor, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman)ning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi ko‘rib chiqildi
18 Mar
Senatning beshinchi yalpi majlisida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi maʼruzasi ko‘rib chiqildi.
“Yashil makon”: Ozodlikka ishora yoxud yangi hayot sari qadam
14 Mar
2025-yil 14-mart kuni Sirdaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda 40-son manzil-koloniyasi rahbariyati tashabbusi bilan muhim ekologik tadbir o‘tkazildi.