Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Konstitutsiya o‘zida insonning xalqaro umumeʼtirof etilgan asosiy huquq va majburiyatlarini o‘zida jamlagan va oliy yuridik maqomga ega hujjatdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Hayvon ham bolasini bunday xo‘rlamasa kerak” xabari ostida Samarqand viloyati shifoxonalaridan birida sodir bo‘lgan ona o‘z kasalmand bolasini ayovsiz kaltaklayotgani holati tasvirlangan video tarqaldi. Undan so‘ng axborot telegramm kanalida “Vahshiy ona” ayol bolasini kaltaklayotgani aks etgan videolavha yuzasidan voqea joyidan jurnalistik surishtiruv deb nomlangan video tarqaldi. Har ikkala videoda guvohlarning birortasi jabrlanayotgan bolani qutqazishga harakat qilmaganini faqatgina videoga olib o‘tirganligini ko‘rishimiz mumkin. Albatta bu taajjublanarli holat.
Maʼlumki, har qanday mamlakatning demokratik va insonparvarlik xususiyatlaridan biri bu - insonga bo‘lgan munosabat, inson huquqlari va erkinliklari qanday himoya qilinayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham ko‘pgina mamlakatlar tarixiy rivojlanish jarayonida inson huquqlariga oid o‘z qonunlar tizimini yaratgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimiz farovonligi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar olib borilishi natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kafolatlanmoqda, har bir fuqaro va oila farovonligi oshib, qonun ustuvorligi taʼminlanmoqda.
Inson qadrini yuksaltirish – bu keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u barcha yo‘nalishlarda turlicha talqin va yondoshuvlar asosida amalga oshiriladi. Taraqqiyot strategiyasida esa bu vazifa eng avvalo, quyi bo‘g‘in hisoblangan mahallalardan boshlab, jamoatchilik, davlat organlari va Parlament miqyosida bajarilishi belgilanmoqda.