Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Davlatimiz rahbari muhtaram Prezidentimiz 2022 yil 20 iyun kuni Konstitutsiyaviy komissiya aʼzolari bilan uchrashuvda “Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarni boshladik. Eng muhimi, o‘tgan 6 yil mobaynida butun jamiyatimiz qayta uyg‘ondi, odamlarimiz yangicha fikrlash, ishlash va yashashga intilmoqda.Fuqarolar tomonidan amaldagi Konstitutsiyani yana-da takomillashtirish bo‘yicha ko‘plab takliflar va mulohazalar bildirilmoqda” deb eʼtirof etdilar.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ishlab chiqilib, muhokama uchun xalqimiz eʼtiboriga havola qilindi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Men ham mazkur jarayonning bevosita ishtirokchisi sifatida Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida o‘z fikrimni bildirmoqchiman.

Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlashda bir qator muhim qonunlar qabul qilindi.

Asosiy Qonunimizning 26-moddasida “... Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi kerak” degan normaning mustahkamlanishi yaqin o‘tmishimizdagi sudlangan shaxslarning oila aʼzolari va yaqin qarindoshlari taqdiriga nechog‘li taʼsir qilganligini, hozirda esa Yangi O‘zbekistonda esa inson huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilinishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan muhim o‘zgartishlardan biri sifatida 28-moddani “O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno.

Har kim respublikadan tashqariga chiqish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekistonga moneliksiz qaytish huquqiga ega” deb tahrir etilishi fuqarolarimizning, fuqaroligi bo‘lmaganlarning va chet fuqarolarining huquq va erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlashdagi muhim qadam bo‘ladi.

Mazkur normaning qabul qilinishi propiska bo‘yicha cheklovlarni olib tashlanishiga ham olib keladi. Fuqarolarimiz erkin holda yashash joylarini o‘zlari tanlaydilar, shaxsiy hayot daxlsizligi kafolatlanadi.

Konstitutsiyamizning 37-moddasi 2-qismi “Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning o‘zi va oilasi yashash uchun yetarli bo‘lishi kerak”;

38-moddasi “ Har bir shaxs dam olish huquqiga ega.

Yollanib ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga, dam olish va bayram kunlari, haq to‘lanadigan har yilgi taʼtilga chiqish huquqiga ega” deb qabul qilinishi ham davlat ishidagi, ham xususiy sektordagi ishlovchilarni bir xil huquqini taʼminlanishiga olib keladi.

O‘tkir JO‘RAYEV

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Jizzax viloyati bo‘yicha mintaqaviy vakili