Ayniqsa, voqeaning tibbiyot muassasasida sodir bo‘lgani davolovchi shifokor va hamshiraning voqeadan xabardorligi va harakatsizligi yaʼnada achinarli.
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasida bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganidan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola haqiqatda turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga maʼlum qilishlari, shunday maʼlumotlar olingan taqdirda, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishi shartligi belgilangan. Bundan anglashimiz mumkinki, bolalarni birinchi navbatda zo‘ravonlikdan himoya qilishimiz, agar buning imkoni bo‘lmasa zo‘dlik bilan vakolatli organlarga murojaat qilishimiz lozim.
Shuni yaxshi bilishimiz kerakki, bolalarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikka beparvolik yoki hissiy befarqlik kabi boshqa harakatlar ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik deb hisoblanadi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik guvohi bo‘lgan barcha bolaning atrofidagilar bolaga qilingan shafqatsizlik uchun javobgardirlar.
YUNISEF maʼlumotlariga ko‘ra:
Dunyoda 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan har 10 boladan oltitasi har kuni jismoniy zo‘ravonlikka uchraydi.
Har 5 daqiqada bir bola zo‘ravonlikdan vafot etadi.
Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik har qanday sharoitda yuz berishi mumkin bo‘lsa-da, shuni bilishimiz kerakki, bola yoki o‘spirinning zo‘ravonlikka uchrashi ehtimolini oshiradigan baʼzi bir xavf omillari mavjud.
Masalan, to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘spirinlar yuqori xavf ostida. Xuddi shu narsa istalmagan, ota-onasining umidlarini qondirmaydigan, jismoniy yoki aqliy nogiron bo‘lgan yoki ko‘p yig‘laydigan bolalar bilan ham sodir bo‘ladi.
Bolalari bilan aloqa o‘rnatishda qiynalgan, bolaligida o‘zlari zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lgan yoki o‘z farzandlarining rivojlanishidan umidvor bo‘lmagan ota-onalar, ularning o‘rnini bosuvchilar yoki qonuniy vakillarning zo‘ravonlik qilishlari xavfi yuqori.
Bundan tashqari, uydagi moliyaviy qiyinchiliklar va spirtli ichimliklar yoki giyohvandlikka bog‘liqlik xavf omillari zo‘ravonlik sodir etishga sabab bo‘lishi mumkin.
Va nihoyat, oiladagi zo‘ravonlik sharoitida yashaydigan, o‘z jamiyatida izolyatsiyani boshdan kechirayotgan oilalarda ham bolalarga nisbatan zo‘ravonlik xavfi katta.
Shubhasiz, zo‘ravonlik holatlari bolalarda jismoniy, ruhiy, xulq-atvor va ijtimoiy buzilishlarni keltirib chiqaradi.
Umuman olganda, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish hukumatlarning vazifasi bo‘lib, ular oilalarga yordam berish, o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini yaratishi kerak.
Agar bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatini bilsangiz nima qilish kerak?
Agar siz bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilingani holatini bilsangiz yoki unga shubha qilsangiz, hududingizdagi bolalarni himoya qiladiganorganlarga murojaat qiling.
Agar jismoniy zo‘ravonlik yoki beparvolik bolaning hayotini bevosita xavf ostiga qo‘yadi, deb hisoblasangiz, ikkilanmasdan ichki ishlar va prokuratura organlariga qo‘ng‘iroq qiling.
Afsuski, agar siz beparvo bo‘lsangiz, bolalarga nisbatan zo‘rlik yo‘qolmaydi.
Sattor Raxmatov
Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakil kotibiyatining
Bola huquqlarini taʼminlash sektori mudiri