Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Ombudsmanga maxsus maʼruza taqdim etish vakolati beriladi
22 Avg
Xabaringiz bor, Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishga tayyorlanmoqda.
BMTning Munosib turar joy masalalari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
21 Avg
Xabaringiz bor, joriy yilning 19 avgust kuni BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Munosib turar joy masalalari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Balakrishnan Rajagopal O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Ombudsman mintaqaviy vakilining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi
09 Avg
Joriy yilning 9-avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Taxiatosh tumanida fuqarolar uchun tadbir tashkil etildi. Unda tumandagi “Shamshirak”, “Obod makan” va “Oydin yo‘l” mahallalar aholisi qamrab olindi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi Farg‘onada
07 Avg
Ma’lumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan ko‘p murojaatlar kelib tushadigan chekka hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Ombudsman ilk bor yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritdi
06 Avg
Qayd etish joizki, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan saylov huquqiga ega bo‘lgan, yuz ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Oliy Majlis Senati, Markaziy saylov komissiyasi bilan bir qatorda Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli ekanligi mustahkamlangan. 
Andijonda navbatdagi “Ombudsman maktabi” tashkil etildi va fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
02 Avg
Andijonda fuqarolarning mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Unda Asaka tumanidagi “Amir Temur”, “Qadriyat”, “Do‘stlik”, “O‘zbekiston”, “Muqumiy”, “Yuksalish”, “Birlik”, “Birdamlik”, “Baynal-Minal” MFY larida yashovchi 100 nafarga yaqin aholi va mahalla faollari ishtirok etishdi.
31 Iyu
2024-yilning 31-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur qonun loyiha Qonunchilik palatasi deputatlari, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, davlat organlari va idoralari, qonun loyihasi bo‘yicha ishchi guruh aʼzolari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
Respublikamiz bo‘ylab odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
29 Iyu
Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 30-iyul – “Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni” deb e’lon qilingan. Sababi dunyodagi barcha mamlakatlar odam savdosidan jabrlanishadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, odam savdosi qurbonlarining 71 foizini ayollar va bolalar tashkil etadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi  qonun loyihasida qanday yangi normalar aks etgan?
29 Iyu
Joriy yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, konseptual maʼqullangan edi.
23 Iyu
2024-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.  
Inson huquqlariga oid trening: BMT mexanizmlari bilan o‘zaro hamkorlik
16 Iyu
2024 yilning 16 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi hamkorligida Ombudsman Kotibiyati xodimlari jumladan, Ombudsmanning mintaqaviy vakillari uchun navbatdagi trening o‘tkazildi. Mazkur seminar  BMTning shartnomaviy organlariga muqobil hisobotlarni tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga bag‘ishlandi.
Fraksiya yig‘ilishlarida yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi
15 Iyu
2024 yilning 15 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyalari yig‘ilishlarida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.