Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Avstriya Parlamenti vakillari va vatandoshlarimiz bilan uchrashdi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Avstriyada rasmiy tashrif davomida bir qator tadbirlarda ishtirok etdi. Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Avstriya Parlamentining “Davlat va jamiyat” dialog platformasi boshqarmasi rahbari David Pinxasov va xalqaro aloqalar bo‘limi vakillari bilan uchrashishdi va Parlament tarixi, ishlash tartibi va tuzilishi bilan tanishdi.

Qayd etilishicha, Parlamentda fuqarolar uchun qabullar  tashkil etilib, ular murojaatlari ko‘rib chiqiladi va takliflari Parlament aʼzolariga yetkaziladi. 

Avstriya Parlamenti ikki palatadan iborat bo‘lib, 1883 yilda qurilgan. Milliy Kengash to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarda 183 deputatdan tashkil topib, qonunchilik muddati besh yilni tashkil etadi. Federal Kengash 9 shtatning viloyat assambleyalari orqali bilvosita saylanadi va 61 aʼzodan iborat. Avstriya Ombudsmani esa Parlament aʼzolari orasidan saylanadi.

Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Avstriya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Avstriyada yashab ishlayotgan, o‘qiyotgan talaba-yoshlar, shu yerda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor hamyurtlarimiz ishtirok etishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati