Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Sirdaryoda ayol mahbuslar bayram  arafasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi 
07 Mar
2025-yilning 7-mart kuni Sirdaryo viloyatidagi 8-sonli Tergov hibsxonasida ayol mahbuslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi va IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 3-Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi hamkorligida tashkil etildi.
Respublika bo‘ylab qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
05 Mar
O‘tgan hafta davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Farg‘ona, Sirdaryo va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi. Ularda jamoatchilik guruhi aʼzolari ham ishtirok etishdi.
Ayollar koloniyasidagi mahkumalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
25 Fev
2025-yilning 25-fevral kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 21-son Jazoni ijro etish koloniyasida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni saqlash vazirligi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda jazo muddatini o‘tayotgan mahkuma ayollar uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ombudsman taqdimnomasiga ko‘ra, Sirdaryodagi manzil-koloniyasida saqlanayotgan mahkumlarning mehnat sharoitlari yaxshilandi
24 Fev
Joriy yilning yanvar oyida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyatdagi 40-son manzil-koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashriflarida aniqlangan kamchiliklar , jumladan, ba’zi ishlab chiqarish ob’yektlarida mahkumlar uchun ajratilgan yuvinish xonalaridagi vaziyat, ovqatlanish sharoitlarining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi yuzasidan Ombudsman taqdimnomasi kiritilgan edi.
Andijon, Buxoro, Xorazm, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi qator penitensiar muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
21 Fev
Joriy haftada Ombudsmanning Andijon, Buxoro, Xorazm, Namangan va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakillari tomonidan bir qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari o‘tkazildi.
Respublika bo‘ylab qator harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
14 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Buxoro va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakillari bir qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.
Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari o‘tkazildi
05 Fev
O‘tgan hafta davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo, Xorazm va Buxoro viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.
Monitoringlarda avvalgi aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilganlik holatlari o‘rganilmoqda
25 Yan
Joriy haftada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakillari bir qator jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflarini amalga oshirishdi.
Mehnatga jalb etilgan mahkumlarga yetarli shart-sharoitlar yaratilmagani bo‘yicha masʼul xodimlar ogohlantirildi - Ombudsman
23 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili viloyatdagi 40-manzil-koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirib, qator kamchiliklarni aniqlagan edi.
Monitoring tashrifi: Surxondaryo, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahridagi koloniyalardagi sharoitlar o‘rganildi
20 Yan
O`tgan haftada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Surxondaryo va Navoiy viloyatlari hamda Toshkent shahridagi mintaqaviy vakilllari qator jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashrifini amalga oshirishdi.  
Qashqadaryodagi vaqtincha saqlash hibsxonalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda - Ombudsman
15 Yan
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan 2024 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari hamda maxsus qabulxonalarga monitoring tashriflari amalga oshirilgan bo‘lib, unda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi. Xususan, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi, Qarshi va Koson tumanlari ichki ishlar bo‘limlarining vaqtincha saqlash hibsxonalarida shaxslarni saqlash sharoitlari belgilangan meʼyoriy talablarga javob bermasligi kuzatilgandi. Kameralarning taʼmirtalab holatga kelib qolganligi, shu bilan birga tabiiy va sunʼiy yorug‘lik tizimi, sanitariya-gigiyena holati, havo almashtirish tizimi talab darajasida emasligi kabi qator kamchiliklar qayd etildi.
Sirdaryoda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash sharoitlari o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi
14 Yan
2025 yilning 8 yanvar kuni Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov tomonidan Viloyatdagi Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan Maxsus qabulxonaga monitoring tashrifi amalga oshirilgan edi.