“Sog‘lom ayol – sog‘lom millat tayanchi” tamoyili asosida tashkil etilgan profilaktik tibbiy ko‘rikda ginekolog, onkoginekolog, mammolog, endokrinolog, pediatr, neonatolog va psixiatr mutaxassislari ishtirok etdi. Ko‘rik davomida 23 nafar ayol mahbus sog‘liqlaridagi muammolarni malakali shifokorlar ishtirokida tekshirtirish imkoniga ega bo‘lishdi.
Tibbiy ko‘rik kasalliklarni ilk bosqichda aniqlash, ularning oldini olish va mahbuslarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati