Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
murojaat
Ombudsman ogohlantirishiga muvofiq, ishchilarning 830 mln so‘m ish haqlari to‘liq undirildi
07 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga bir guruh fuqarolar tomonidan ularning ish haqlari asossiz to‘lanmayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan BRIFING
04 Apr
2024 yilda Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 23 422 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 2747 tasi maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari, tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari, intizomiy qismlar, majburiy davolash muassasalaridagi shaxslardan va ularning vakillaridan yuborilgan.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar qayerga murojaat qilishlari kerak?
03 Apr
"Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarorga ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlik holati to‘g‘risida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
28 Mar
2025-yilning 28-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Jamg‘arma hisobidan voyaga yetmagan bolalar manfaatida 109,4 mln so‘m aliment puli undirilishi belgilandi - Ombudsman
28 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.J. tomonidan murojaat qilib, farzandlarining otasi S.X. voyaga yetmagan ikki nafar farzandi uchun uzoq vaqtdan buyon aliment to‘lamay kelayotgani, shuningdek, aliment qarzdorligini "Aliment jamg‘armasi" hisobidan to‘lab berilishi haqida ariza bilan murojaat qilgan bo‘lsada, murojaati qanoatlantirilmaganligini maʼlum qilgan.
Fuqarolar murojaatlari joyiga chiqib o‘rganilmoqda va ijobiy yechim topmoqda
17 Mar
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Toshkent shahridagi Mehribonlik uyi bitiruvchisi va ota-ona qaramog‘isiz qolgan yolg‘iz qiz 2 yildan buyon uning ijtimoiy huquqlari taʼminlanmayotganligi bo‘yicha shikoyat qildi.
Ombudsman qabulida fuqarolar qanday masalalarda murojaat qilishdi?
25 Fev
2025-yilning 25-fevral kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Qabulda fuqarolar sog‘liqni saqlash, ijtimoiy yordam, pensiya, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash, firibgarlik, sud-huquq va tergov jarayonlariga oid hamda oilaviy va mulkiy masalalarda murojaatlarini qoldirishdi.
Mahkum va mahbuslar Ombudsmanga qanday masalalarda murojaat qilmoqda?
25 Fev
Toshkent viloyatidagi 13-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan bir mahkum yolg‘iz va boquvchisiz qolgan onasining og‘ir ahvolidan xabar topgach, Ombudsmanga murojaat qildi.
Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganish jarayonlaridan fotolavha
11 Fev
Shu kunlarda Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahrida fuqarolarning mulkiy va ijtimoiy huquqlariga oid murojaatlari Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari boshchiligida ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi.
Ish staji arxiv hujjatlarida saqlanmagan fuqarolar huquqi qay tartibda taʼminlanadi?
06 Fev
Fuqaro O.P. pensiya yoshiga yetgan, lekin pensiya tayinlash bo‘yicha yozgan arizasini ko‘rib chiqish jarayonida uning 12 yil davomida xususiy korxonada suvoqchi-bo‘yoqchi bo‘lib ishlagan yillarini tasdiqlovchi hujjatlar arxivda saqlanmagani sababli hisobga olinmagan.
Murojaatchilarning 100 mln so‘mlik ish haqlari undirildi
03 Fev
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqarolarning jamoaviy murojaati kelib tushdi. Unda fuqarolar Guliston shahrida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi tomonidan 2023 yil oktyabr va noyabr oylaridagi 15 kunlik ishlagan davrlari uchun ish haqi berilmaganidan shikoyat qilishgan.
Ombudsmanning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
30 Yan
Bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolar tibbiyot xodimlarining himoyasi, uy-joy, aliment mablag‘larini undirish, mahkumlar huquqlari, bank-kredit, ijtimoiy, iqtisodiy, murojaat etish huquqlari, sud-tergov hamda fuqarolar o‘rtasidagi nizoli masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.