Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Ombudsman xodimlari «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi
07 Dek
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi arafasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning qator xodimlari «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi.
Xalqaro konferensiya: gender zo‘ravonlik muammosini hal etishda barcha darajalarda o‘zaro manfaatli munosabatlar muhim
06 Dek
6 dekabr kuni, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi (UNFPA) ko‘magida "Zo‘ravonlikka qarshi kurashni institutsionalizatsiya qilish. Mediada gender sezgir obrazlarni yaratish" mavzusida tajriba va bilim almashishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi.
“Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi Samarqandda ish boshladi
05 Dek
2022 yilning 5 dekabr kuni “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi Samarqand viloyatida ish boshladi. Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur Global forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi va Inson huquqlari kengashining 46‑sessiyasida ilgari surilgan tashabbus asosida inson huquqlari sohasida taʼlimni rivojlantirish muammolari muhokama qilinmoqda.
3 DEKABR – XALQARO NOGIRONLAR KUNI XORAZMDA MUNOSIB NISHONLANDI
03 Dek
2022 yil 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat Bojxona boshqarmasi, Xiva tuman xokimi, viloyat IIB MVFRB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Xiva “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida tadbir o‘tkazildi.
Farg‘onada “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi
02 Dek
 Farg‘ona viloyatidagi “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida navbatdagi tadbir Uchko‘prik tumanidagi “Toshkentliguzar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari uchun tashkil etildi.
29 noyabr kuni Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova “Street Law” loyihasining yangi shakllangan jamoasi bilan uchrashuv o'tkazdi.
30 Noy
Guruh a’zolari bola huquqlari himoyasi va kafolatlarini ta’minlovchi xalqaro va milliy huquqiy hujjatlarni tahlil qilib, davlat tuzilmalarining huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammolarni aniqlab, voyaga yetmaganlarga oid adliya tizimini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorladi.
Sirdaryo viloyatida mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan memorandum imzolandi
30 Noy
Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili va Kasaba uyushmalari federatsiyasi viloyat kengashi o‘rtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Samarqandda “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida sayyor qabul, tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkasi va boshqa tadbirlar tashkil etildi
29 Noy
Samarqand viloyatida “Ombudsman maktabi” loyihasiga start berildi. Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan ilk tadbir 2022 yilning 28 noyabr kuni Viloyatning Jomboy agrotexnologiyalar texnikumida o‘tkazildi.
Komissiya aʼzolari Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha barcha sud jarayonlarida ishtirok etadi
29 Noy
Buxoro viloyat sudida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda.
 Навоийда фуқаролар учун тиббий кўрик ташкил этилди
29 Noy
Маълумки, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Инсон ҳуқуқлари бўйича вакили (омбудсман) ва Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерацияси ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланган. Ушбу ҳужжат доирасида аҳолининг турмуш даражасини ошириш, меҳнаткашларнинг ҳуқуқий, ижтимоий-иқтисодий ҳимоясини кучайтириш назарда тутилган.
Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealar bo‘yicha sud jarayonlari 28 noyabr kuni boshlanadi
26 Noy
Xabaringiz bor, 2022 yil 16 iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya o‘z ishini boshlagan edi.
Markaziy Osiyoda tazyiq ostida bo‘lgan xotin-qizlar mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro kengaytirilgan muloqot tashkil etildi
25 Noy
2022 yilning 25 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova “Markaziy Osiyoda tazyiq ostida bo‘lgan xotin-qizlar: zo‘ravonlik ildizlarini yo‘q qilish va jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusiga bag‘ishlangan kengaytirilgan muloqotda ishtirok etdi. Gibrid shaklida tashkil etilgan mazkur muloqot Qozog‘iston Respublikasi Ombudsmani hamda "BMT-Qozog‘iston ayollari" tuzilmasi tomonidan tashkil etildi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston tomondan Oliy Majlis Senati, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari ham ishtirok etdi.