Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bolalar Ombudsmani BMTning Qochqinlar bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
2023 yilning mart oyida Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari Markaziy Osiyo boshqarmasi boshlig‘i Xans Shodder bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida Bolalar Ombudsmani inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi eng dolzarb masalalarga to‘xtalar ekan, qurolli mojarolar bo‘layotgan hududlardan bolalar va ayollarni vataniga qaytarish va reintegratsiya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarga eʼtibor qaratdi.

Mehmon Xans Shodder 2019-2021 yillarda BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari O‘zbekiston hukumati, jumladan Tashqi ishlar vazirligi hamda inson huquqlarini himoya qiluvchi milliy institutlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yganini taʼkidladi. Shuningdek, so‘nggi yillarda mamlakatimiz qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sonining kamayishida muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Mazkur uchrashuv konstruktiv va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati