Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonunga ko‘ra, Ombudsman surishtiruv-tergov faoliyatini amalga oshirish vakolatiga ega emas. Shuningdek, mazkur Qonunning 19-moddasiga muvofiq, Ombudsman sudning vakolatlari doirasiga kiradigan masalalarni, shuningdek jismoniy shaxslarning boshqa jismoniy shaxslar tomonidan ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlariga (harakatsizligiga) doir murojaatlarini ko‘rib chiqmaydi.
Qabulda Ombudsman tomonidan ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, vakolatga aloqador murojaatlar o‘rganishga olindi. Joyiga chiqib o‘rganish zarur bo‘lgan murojaatlar Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuboriladi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga hamda ombudsman.uz sayti va mobil ilovasi orqali elektron murojaat yuborishlari mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati