Murojaatda 13 nafar fuqaro Farg‘ona viloyatida joylashgan “Qo‘qon yog‘-moy” hissadorlik jamiyatining bir guruh ishchilari manfaatida mazkur korxona rahbariyati ustidan shikoyat qilishgan. Qayd etilishicha, ishchilarning 2024-yilning sentyabr oyidan buyon 6 oylik ish haqlari to‘lab berilmagan.
Korxona rahbariyati mazkur holatga javoban xodimlarga “oylik yo‘q va yaqin oylarda bo‘lmaydi ham, xohlasa ishlasin, xohlamasa yo‘q!” mazmunida javob qaytargan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, uning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish yakunlariga muvofiq, Ombudsman tomonidan tegishli taʼsir choralari kiritildi. Natijada 71 nafar ishchining 830 mln so‘mga yaqin ish haqlari to‘liq undirib berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati