Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdir. 2022 yilda uning hududlardagi mintaqaviy vakillari ish boshlashi bilan respublikaning chekka hududlariga borib, fuqarolar muammolarini o‘rganish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.