Mahbuslardan kelib tushgan murojaatlarda tibbiy yordam olish, sud jarayonlarida tegishli tashkilot vakillari ishtirokini taʼminlash, kechiktirilgan sud jarayonini tezlashtirish, yaqin qarindoshlar bilan uchrashuv tashkil etish kabi masalalar aks etgan. Baʼzi murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olindi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan Maxsus qabulxona hamda 11-son tergov hibsxonasiga ham monitoring tashriflari o‘tkazildi.
Monitoringda mazkur muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning yashash, ovqatlanish, mehnat qilish va tibbiy xizmatdan foydalanish sharoitlari, advokatlar va tergov xonalari hamda issiqlik tizimining ishlash holati o‘rganildi.
Monitoring tashriflari yakunlariga ko‘ra, mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsman taʼsir choralari shakldagi hujjatlar kiritilishi taʼminlanadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati