Fuqaro A.G. avval ushbu masalada tegishli tashkilotlarga qilgan murojaati 3 oy davomida hal etilmagach, u Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga murojaat qilgan. Murojaat nazoratga olinib, u Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi vakili Sh.Alimov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va tegishli hujjatlar to‘plandi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, Ombudsman tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga fuqaroning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha taqdimnoma kiritildi. Natijada, yer uchastkasi "Turar joy" maqomiga qaytarildi va soliq idorasidagi asossiz qarzdorlik hisobdan chiqarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati