Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Aholi murojaatlari qo‘shimcha mutaxassislar jalb etilgan holda joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Navoiy shahrida yashovchi, qaramog‘ida 3 nafar farzandi va 4 nafar singillari bo‘lgan yolg‘iz ona ijtimoiy huquqlari tiklanishi bo‘yicha murojaat qildi.

Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, uning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tashkil etildi va holat joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida murojaatchining ijtimoiy holati hamda ishga oid tegishli hujjatlari tekshirilib, murojaati hal etildi.

Shuningdek, joriy haftada Ombudsmanning Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlaridagi mintaqaviy vakillari tomonidan bir qator murojaatlar ishchi guruh tuzilgan holda o‘rganildi. Murojaatlarga oid hujjatlar to‘planib, o‘rganib chiqilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli ta’sir hujjati tayyorlanadi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati