Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman o'rinbosari - bola huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakili va SOS O'zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi
2020 yilning 7 oktyabrida, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo'yicha vakili(ombudsman) idorasida, Ombudsman o'rinbosari - bola huquqlari bo'yicha vakili va SOS O'zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi. Memorandum doirasida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minlash, ushbu sohada aholining huquqiy ongi va madaniyatini yanada yuksaltirishda davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o'zaro hamkorligini kengaytirish hamda mustahkamlash, o'zaro hamkorlikda huquqiy, ijtimoiy-siyosiy yo'nalishlarida targ'ibot-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Hamkorlik turli hil yo'nalishlarda, jumladan jamiyatda aholining bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minlash borasidagi huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, qonunniylikni mustahkamlash hamda bolalarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga qaratilgan targ'ibot ishlarini amalga oshirish, bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minlash borasida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalarini o'rganish bo'yicha malakali mutaxassislarni jalb qilish; fuqarolar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minlash sohasida Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlarini hamkorlikda tashkil etish va mazkur sohada o'zaro hamkorlikda tadbirlar tashkil etish bo`yicha amalga oshiriladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati