Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston va Rossiya Ombudsmanlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2019 yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muxammadiyevning taklifi bilan Rossiya Federatsiyasining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ldi.

Shu kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif doirasida "Inson huquqlari va qonun ustuvorligi yo‘lidagi hamkorlik: O‘zbekiston va Rossiya Ombudsman institutlari hamkorligi" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yakunida Ombudsmanlar o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish, axborot-tahliliy va huquqiy materiallar almashish, inson huquqlarini himoya qilish sohasida xalqaro tajriba va ilg‘or ishlanmalar, faoliyat metodlarini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy-tadqiqot tadbirlarini amalga oshirish, konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar va forumlar tashkil etish rejalashtirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati