Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Ombudsman institutlari o‘zaro tajriba almashishdi
Joriy yilning 18 may kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondagi inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar vakillari uchun tashkil etilgan mintaqaviy seminar o‘z ishini boshlagan edi. 4 kun  davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati xodimlari, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyati mintaqaviy vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston Ombudsmanlari va ularning xodimlari yopiq muassasalarda qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha mustaqil ravishda monitoringlar o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan “Xalqaro qamoqxonalar islohoti” xalqaro nohukumat tashkiloti (Penal Reform International)ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 18-21 may kunlari o‘tkazilgan xalqaro onlayn o‘quv seminar “Fuqarolik jamiyati hamda Ombudsman instituti vakillari uchun jazoni ijro etish muassasalarida mustaqil monitoring o‘tkazish” mavzusiga bag‘ishlandi.

Qayd etish lozimki, mazkur seminarni tashkil etishdan maqsad, mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bilan bir qatorda, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat olib boruvchi qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan Ekspert guruhi aʼzolarining malakasini oshirish va mintaqalararo tarjriba almashishdan iborat.

Mazkur o‘quv seminari jarayonida 100 ga yaqin ishtirokchilar Ombudsmanning fuqarolik jamiyati vakillari bilan birgalikda tergov izolyatori va jazoni ijro etish muassasalariga mustaqil monitoring tashriflarini amalga oshirish borasidagi xalqaro tajribalarini o‘rganishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati