2024 yilning 25 sentyabr kuni Toshkent shahar Bektemir tumanida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi. Fuqarolar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot uchun Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili asosida mavzu tanlanib, tegishli tashkilotlar jalb etildi.