Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMAN VA YXHT HAMKORLIGIDAGI LOYIHALARNI KENGAYTIRISH REJALASHTIRILMOQDA
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyixalar muvofiqlashtiruvchisi elchi Djon MakGregor bilan uchrashdi.

Suhbat davomida, Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning Parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida qiynoqlar masalasiga alohida eʼtibor qaratganligi, Ombudsman instituti zimmasiga mamlakatimizda qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, inson huquq va manfaatlarini kafolatlash bo‘yicha qator vazifalarni yuklash bilan birga uning vakolatlarini kengaytirish masalasini ham ilgari surayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Ombudsman institutining xalqaro pozitsiyasini mustahkamlanishida, xususan, Ombudsmanning “B” maqomga ko‘tarilishida uning salohiyatini baholashda ekspertlarni jalb etishda hamda amaliy texnik yordam ko‘rsatilganligi uchun elchi Djon MakGregorga Ombudsman o‘z minnatdorchilini bildirdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyixalar muvofiqlashtiruvchisi elchi Djon MakGregor ham Ombudsman institutini “B” maqomga ko‘tarilganligi bilan tabrikladi.

Elchi Djon MakGregor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida qilgan maʼruzasi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuqori darajada baholanligi taʼkidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida qiynoqlar masalasiga alohida eʼtibor qaratganligi, Ombudsman huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida jazoni ijro etish muassasalari, tergov xibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarga jamoatchilik vakillari hamda OAV ishtirokida o‘tkaziladigan monitoring tashriflarini tizimli yo‘lga qo‘yilishi hamda bu borada Parlamentga muntazam tarzda maʼlumotnoma kiritib borilishi alohida diqqatga sazovorligi taʼkidlandi.

Suhbat davomida elchi Djon MakGregor Ombudsman va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori bilan hamkorlikda joriy yil davomida Respublika hududlaridagi tergov izolyatori va jazoni o‘tash muassasalarida monitoring o‘tkazishning mexanizmlari va tartibi bo‘yicha Ombudsman Kotibiyati xodimlarining va mintaqaviy vakillarning malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etishni taklif qildi.

Uchrashuvda 2021 yilda Ombudsman tomonidan inson huquqlarini taʼminlash borasida rejalashtirilgan tashabbuslar hamda 2020 yilda Vakil nomiga yuborilgan murojaatlar tahlili borasida ham o‘zaro fikr almashilindi. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha

vakili (Ombudsman) Matbuot xizmati