Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qoraqalpog‘istondagi 28-son manzil koloniyasida “Ombudsman qutisi” olib qo‘yilgani maʼlum bo‘ldi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymova Qo‘ng‘irot tumani 28-son manzil koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring davomida mintaqaviy vakil tomonidan muassasada joylashtirilishi majburiy bo‘lgan “Ombudsman qutisi”ning olib tashlanganligi aniqlandi. Koloniya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda manzil koloniyasida taʼmirlash ishlari olib borilayotganligi sababli, “Ombudsman quti”lari vaqtincha olib qo‘yilgan. Tez orada taʼmirlash ishlari yakunlangach mintaqaviy vakil tomonidan bildirilgan barcha kamchiliklar bartaraf etiladi.

Monitoringda davomida mintaqaviy vakil Zuxra Reymova mahkumlarning yotoqxonalari belgilangan talab meʼyorlariga javob bermasligi bo‘yicha ham o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, Ombudsman vakili muassasada saqlanayotgan shaxslarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam haqida masʼul shifokor bilan suhbatlashganda, u dori-darmon, uskunalardan kamchilik va muammolar yo‘qligini, sharoitlar qoniqarli darajada ekanligini bildirgan.

Manzil koloniyadagi sharoitlar ko‘zdan kechirilgan, Mintaqaviy vakil mahkumlar bilan suhbat o‘tkazdi. Yakka tartibdagi qabullarda mahkumlarning muassasada qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq holatlar va yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikrlari o‘rganildi. Murojaatchilar tomonidan mehnat huquqlarining buzilayotganligi, jumladan, ularning ish vaqti kuniga 7 soat etib belgilangan bo‘lishiga qaramay, ayrim paytlar 8 soatdan majburiy ishga jalb etilayotgani bildirildi. Mazkur holat Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi mintaqaviy vakili aralashuvi bilan ijobiy hal etildi.

Mahkumlar bilan o‘zaro suhbat davomida kelib tushgan murojaatlar asosan sud-tergov jarayoni bilan bog‘liq bo‘ldi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati