Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
OMBUDSMAN MUNOSABATI
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 5 may kuni Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarining oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida faoliyat yurituvchi jamoatchilik vakillaridan iborat bo‘lgan Ekspert guruhi tomonidan Toshkent viloyatidagi 22-sonli jazoni jazoni ijro etish koloniyasiga navbatdagi monitoring tashrifi amalga oshirildi.

Koloniya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, muassasada saqlanayotgan jami mahkumlarining 75 foizi foydali mehnatga jalb qilingan. Ushbu muassasa hududida tikuvchilik, duradgorlik, yumshoq mebel yasash va boshqa kasb-hunarga ixtisoslashgan 10 dan ortiq sexlar mavjud bo‘lib, u yerda 50 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Jumladan, tikuv sexida buyurtmaga asosan kiyimlar, xususan, harbiy dala va mahsus ishchilar kiyimlari tikiladi.

Ombudsman huzuridagi komissiya aʼzolari ushbu sexda ishlayotgan 15 nafar mahkumlar bilan ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat, ovqatlanish, shuningdek qiynoq, ruhiy va jismoniy tazyiq holatlarining bor yoki yo‘qligi haqida suhbatlashildi.

Taʼkidlash lozimki, jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar qaysi mehnat turi bilan mashg‘ul ekani muhim emas. Muhimi, ular sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksining talablari asosida o‘tashmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bu atrofda tarqatilgan har xil o‘rinsiz fikr-mulohazalarga chek qo‘yishga chaqiradi. Barcha OAV va blogerlar inson shaʼni, qadr-qimmatini kamsitilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborotlarni eʼlon qilishda faqatgina rasmiy manbaalarga (www.ombudsman.uz) murojaat qilishlari maqsadga muvofiq. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasida "Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari erkinliklari, shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar" deb belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati