Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Misrdagi yurtdoshlarimizning yashash sharoitlarini o‘rganmoqda
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) - Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Misr Arab Respublikasida bo‘lib turishibti.

Mazkur tashrif doirasida tashkil etilayotgan rasmiy uchrashuvlar bilan bir katorda delegatsiya rahbari Aliya Yunusova Misr poytaxti Qohira shaxrida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi. Suhbat davomida Bola huquqlari bo‘yicha vakil hamyurtlarimizning turmush tarzi, mehnat faoliyati va farzandlarining talim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, A.Yunusova Misrda yashayotgan o‘zbek ayollar va qizlar bilan suxbatlashib, ularga bolalar huquqlarini himoya qilish hamda ushbu soxadagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati