Ombudsman: Nogironligi bo‘lgan shaxsga yangi uy qurib berildi
Kuni kecha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shaxridagi “Shimbay shayxana” MFYda avariya holatidagi haroba boshpana o‘rniga yangi uy qurish bo‘yicha ishlar yakunlandi. Roppa rosa bir oy avval, Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili Zuxra Reymovaga murojaat qilgan fuqaro, arizasida o‘zi II guruh nogironi ekanligi va oila aʼzolari bilan avariya holatidagi turar-joyda yashayotganligini yozgan edi.
Mazkur murojaat Ombudsman vakili Z.Reymovaning nazoratiga olingach, Nukus shahrining ikkinchi sektori rahbari yordamida hashar yo‘li bilan 2 oy ichida
fuqaroning turar-joyi qayta qurib berildi. Barcha sharoitlarga ega bo‘lgan keng, yorug‘ va shinam xonadonlar o‘z egalariga topshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati