Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Prezident Farmoni mintaqaviy vakillarga katta masʼuliyat yukladi
Keyingi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan shaffof siyosiy boshqaruv tizimining samarasi demokratik institutlar faoliyatida yaqqol namoyon bo‘la boshladi.

Men xuquqshunoslik oliygohini bitkazayotib, “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati” mavzusida diplom ishi yozayotganimda kuni kecha hurmatli Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonidagi imkoniyatlar to‘g‘risida tasavvur ham qilolmagan edim.

Ushbu tashkilotning inson huquqlarini himoya qilishdagi rolini men shu paytda chuqur anglaganman va hayolimdan  “Bunday tashkilotlarga kelgusida keng imkoniyatlar yaratib berilsa, to‘planib qolgan muammolar insonlar foydasiga ishlar edi” degan fikrlar o‘tgan edi.

Men hurmatli Prezidentimizning yuqoridagi tarixiy ahamiyatga ega Farmonini o‘qir ekanman,  “agar ezgu niyatda va samimiy chin dildan bir narsani hohlasang u albatta ijobat bo‘ladi” degan gaplarning rostligi to‘g‘risida yana bir marta ishonch hosil qildim.

Keyingi vaqtlarda fuqarolar tomonidan Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlarning ko‘payganligiga sabab ushbu tashkilotni xalqimiz yaqindan taniganligi bo‘lsa, boshqa tomondan bu oldimizda ko‘plab vazifalar turganligidan dalolatdir.

Shu o‘rinda Ombudsman institutining inson huquqlarini taʼminlashdagi ahamiyatini to‘g‘ri anglagan respublikamizning barcha davlat boshqaruvi organlari va idoralari uning murojaatlariga o‘z vaqtida,  masʼuliyat bilan jiddiy yondashib kelayotganliklarini ham taʼkidlash lozim.

Men ushbu nufuzli tashkilotning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili ekanligimdan faxrlanaman. Chunki, mazkur Farmondan so‘ng turli muammolar bilan murojaat qilayotgan insonlarning, ayniqsa jazoni ijro etish joylaridagi mahkumlarning murojaatlarida Ombudsman institutiga nisbatan umidning yana-da ortishini hamda ulardagi xursandchiliklarni ko‘rib, Yurtboshimizga minnatdorchilik tuyg‘ularini bildirayotganlarining shaxsan guvohi bo‘lib kelyapman.  

Hurmatli Prezidentimizning mazkur Farmoni Ombudsmanga inson huquqlari va erkinliklari himoya qilinishining taʼminlanishida keng imkoniyatlar berishi bilan birga katta masʼuliyatlar ham yukladi.

Buni yurakdan his qilgan holda ishonch bilan ayta olamanki, bundan keyingi ish faoliyatimizning yana-da samarali tashkil etilishi bizning eng asosiy va bosh vazifamiz bo‘lib qoladi.  

Xamro BEKTEMIROV

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili