Aniqlanishicha, fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida 2020–2021 yillar davomida Qonliko‘l, Xo‘jayli, Ellikqalʼa va Taxtako‘pir tumanlari Ichki ishlar bo‘limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari tomonidan jami 281 holatda jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari yuborilmagan.
Xususan, 29 holatda fuqarolarga bayonnoma rasmiylashtirishda O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 281-moddasi talablariga rioya etilmagan bo‘lsa, 19 holatda bayonnomani tuzish vaqtida huquqbuzarlarga ushbu Kodeksning 294-moddasida nazarda tutilgan ularning huquq va majburiyatlari tushuntirilmagan va bu haqida bayonnomada aks ettirilmagan.
Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va tegishli bayonnoma rasmiylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmagan. Ularining mansabdor shaxslari tomonidan jami 68 holatda Kodeksning 310-moddasiga muvofiq tegishli qarorlar qabul qilinmasdan fuqarolardan jarimalar undirilgan.
Xususan, Xo‘jayli tumanida 17 ta, Taxtako‘pir tumani 3 ta, Shumanay tumanida 7 ta va Mo‘ynoq tumanida 1 ta holatda tegishli qarorlar qabul qilinmasdan fuqarolardan jarimalar undirilgan.
Shuningdek, tuman (shahar) bo‘limlarining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu Kodeksning 3321-moddasi talablarini buzgan holda jami 157 holatda (Xo‘jayli tumanida 8 ta, Shumanay tumanida 18 ta, Taxiatoshtumanida 28 ta, Qorao‘zak tumanida 3 ta, Nukus tumanida 22 ta, Beruniy tumanida 9 ta, Nukus shahrida 11 ta, Qo‘ng‘irot tumanida 13 ta, To‘rtko‘l tumanida 7 ta, Kegeyli tumanida 36 ta, Amudaryo tumanida 2 ta) jarima miqdorining 100 foizi undirilgan.
Bunda har bir fuqarodan o‘rtacha (belgilangan jarimaning yetmish foizidan ortig‘i, yaʼni o‘ttiz foizini qo‘shib) 33–35 ming so‘mdan ortiqcha pul undirilgan bo‘lib, 157 nafar fuqarodan 5 mln so‘m undirilgan.
Bundan tashqari, ayrim tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan Kodeksningtegishli moddalarida ko‘rsatilgan talablar buzilgan holda jami 13 holatda (Shumanay tumanida 1 ta, Taxiatosh tumanida 2 ta, Taxtako‘pir tumanida 1 ta, Chimboy tumanida 6 ta, Ellikqalʼa tumanida 2 ta) jarima solish haqidagi qaror “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangannormalarga muvofiq jarimani uning ish haqi yoki boshqa daromadi, nafaqasi yoki stipendiyasidan majburiy tarzda undirib olish uchun yuborilmay qolgan, belgilangan muddatdan kechikib undirilgan yoki shu kunga qadar undirilmagan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati