Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, USAIDning “Sud tizimini  mustahkamlash” (JSSA) loyihasi rahbari, sudya - Sonya Prostran va USAIDning O‘zbekistondagi loyihasini boshqarish bo‘yicha mutaxassis Mamed Askerov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” dasturining maqsad va vazifalari hamda uni O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha Ombudsman instituti bilan hamkorlikda ishlash masalalari muhokama etildi.

Qayd etish lozimki, USAIDning “Sud tizimini mustahkamlash” (JSSA) loyihasining maqsadi - oddiy insonlarni sudga oson va qulay, byurakratik to‘siqlarsiz murojaat qilishlariga ko‘maklashish va ularni sud jarayonining cho‘zilishi bilan bog‘liq shikoyatlarini o‘rganish, sudyalar malakasini oshirish hamda sudlarga jamoatchilik ishonchini oshirishdan iborat.

O‘zaro muloqot davomida aholining huquqiy savodxonligini oshirish, xorijiy davlatlar bilan o‘zaro tajriba almashish, sud-huquq tizimiga oid seminar-treninglar tashkil etish bo‘yicha loyihalar muhokama etildi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati