Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, saylash huquqiga ega bo‘lgan saylovchilar soni 186 nafarni tashkil etib, ulardan 172 nafari erkak va 14 nafari xotin-qizlardir
Monitoring davomida 78-sonli saylov uchastkasidagi uchastka saylov komissiyasi boshlig‘i, uning kotibi va aʼzolari uchun ajratilgan maxsus xonalarning tegishli tartibda jihozlanganligi, tez tibbiy yordam ko‘rsatish xonasi kerakli tibbiy uskuna va dori vositalari bilan taʼminlanganligi, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonasining belgilangan talablarga asosan jihozlanganligi aniqlandi.
Shu kuni Zuxra Reymova O‘zbekiston Respublikasi milliy Gvardiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasida joylashgan 61-saylov uchastkasiga ham borib, saylovchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati