Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
24-son tarbiya koloniyasida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan kun” munosabati bilan teatr tashkil etildi
Joriy yilning 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi “Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘grisida”gi qarori ijrosini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari – Bolalar Ombudsmani bilan hamkorlikda “Voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish” maqsadida, O‘RIIV huzuridagi JIED birinchi mintaqaviy xudud 24-son tarbiya koloniyasida “Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilingan kuni ” munosabati bilan Xans Kristian Andersen qalamiga mansub, kattalar uchun yozilgan “Qirolning yangi libosi” hajviy spektakli asosida tarbiyalanuvchilar ishtirokida sahna asari yaratildi. Ushbu spektakl “O‘zbekiston yosh tomoshabinlar teatri” tomonidan sahnalashtirildi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha 5 muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi voyaga yetmaganlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishni tashkillashtirish, yosh professionallar o‘rtasida mustahkam va uzoq muddatli ijodiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, yangi avlod teatr ijodkorlari kuchi bilan yangi teatr jamoatchiligini yaratishga ko‘maklashish va tarbiyaviy ahamiyatga ega teatr namoyishlarini ko‘proq tashkil etish va yoshlar orasida keng targ‘ib qilishdan iborat.