Muloqot davomida 50 nafardan ortiq yurtdoshlarimiz bugun Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangani va uning doirasida Turkiyada yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularni qiynagan masalalarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olingani haqida xabardor qilindi.
Hamyurtlarimiz bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida ular Ombudsman va O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisiga taʼlim, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam, fuqarolikni rasmiylashtirish, til o‘ranish kurslarini tashkil etish kabi masalalarda murojaat qilishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati