Uch kunlik seminarda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) xodimlari, mintaqaviy vakillar hamda fuqarolik jamiyati institutlari aʼzolariga xalqaro ekspertlar - BMTning Qiynoqlarga qarshi quyi qoʼmitasi aʼzosi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi guruhi rahbari hamda Gruziyadagi MPM departamentining xalq himoyachisi boshqarmasi rahbari Nika Kvaratsxeliya, Qogʼogʼistondagi «Kadyr Kasiet» NNT rahbari, Qozogʼistondagi MPM aʼzosi Аnara Ibraeva, BMT Inson huquqlari boʼyicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo boʼyicha mintaqaviy vakili koordinatori Yuliya Votslava va psixolog Vladimir Poshatыlyuklar tomonidan qiynoqlarni oldini olish borasidagi xalqaro amaliyot va standartlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Qayd etish lozimki, mazkur seminarni tashkil etishdan maqsad, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) huzuridagi Milliy preventiv mexanizm doirasida monitoring tashpriflarini amalga oshirishda tajriba almashish va xalqaro standartlarni oʼrganishdan iborat.
Milliy preventiv mexanizm – qiynoqning har qanday koʼrinishlariningoldini olish maqsadida mustaqil xalqaro va milliy organlarning ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saqlanadigan joylarga muntazam tashriflar tizimini yaratishdir.
Mazkur mexanizm dunyoning koʼplab mamlakatlari, jumladan Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya, Italiya, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, Ukraina va boshqa qator davlatlarda, xususan, Markaziy Osiy mamlakatlarida joriy etilgan.
Interaktiv uslublar asosida tashkil jtilgan mazkur oʼquv seminar jarayonida 50 ga yaqin ishtirokchilar Ombudsmanning fuqarolik jamiyati vakillari tergov izolyatori va jazoni ijro etish muassasalariga mustaqil monitoring tashriflarini amalga oshirish borasidagi xalqaro ilgʼor tajribalarni oʼrganishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʼyicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati