Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining maxsus maʼruzachisi bilan uchrashdi 
2021 yilning 30 noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMT Inson huquqlari bo‘yicha Kengashining Terrorizmga kurashishda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus maʼruzachisi Finnuala Ni Iloyn bilan uchrashdi. Unda Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil Dilmurod Qosimov hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaz direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratovalar ham ishtirok etishdi.

Muloqotda 2019 yilda tashkil etilgan Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm doirasida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilgan monitoring tashriflari hamda penitensiar muassasalardagi inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha shart-sharoitlarning xalqaro standartlarga moslashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, Ombudsmanning 2021 yil 10 oyi davomidagi faoliyati haqida so‘z bordi.

Uchrashuv chog‘ida keyingi besh yilda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimidagi ijobiy o‘zgarishlar eʼtirof etildi.

Konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalar muhokama qilindi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati