Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga COVID-19 ning bolalar huquqlariga taʼsiri tahlil qilindi
YUNISEF va Bolalar ombudsmani tashabbusi bilan “O‘zbekistonda migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarga COVID-19ning bolalar huquqlariga taʼsirini baholash” tadqiqoti amalga oshirildi. Ushbu Bola huquqlariga taʼsirni baholash (BHTB) Bolalar ombudsmani boshchiligida Bola huquqlari bo‘yicha masʼul bo‘lgan Yevropa tarmog‘i (BHMET) tomonidan tayyorlangan Umumiy asosiy konsepsiyani va BHTBni moslashtirish bo‘yicha milliy maslahatchini jalb qilgan holda, migratsiya taʼsiridan jabrlangan bolalarning hayoti va salomatligini himoya qilish, ularning ushbu huquqlariga bo‘lgan taʼsirini o‘rganish uchun pandemiyaning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar, hukumat tomonidan qabul qilingan qonunlar, siyosatlar, byudjet qarorlari, COVID-19 bilan bog‘liq dasturlar va xizmatlarni ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Joriy yilning 29 noyabr kuni mazkur “O‘zbekiston Respublikasida migratsiyadan jabr ko‘rgan bolalarga COVID-19ning bola huquqlariga taʼsirini baholash” tadqiqoti asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha ekspert guruhi aʼzolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. 

Tadbirda qayd etilishicha, umumiy hisobotda COVID-19 pandemiyasi tufayli tatbiq etilgan karantin cheklovlarining ota-onasi mehnat migratsiyasida bo‘lgan bolalarga qanday taʼsir qilganligi tahlil qilingan. Hisobotda mazkur vaziyatning umumlashtirilgan tahlili keltirilgan bo‘lib, hukumat va masʼul tashkilotlar uchun kelajakda shunga o‘xshash vaziyatlarda bolalar duch kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish yoki yengillashtirish bo‘yicha siyosatni ishlab chiqishda tavsiyalar berilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati