Davra suhbatida so‘nggi yillarda mamlakatimizda insonning huquq va erkinliklarini har tomonlama taʼminlash, jumladan, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jazo turlarini liberallashtirish, gender tengligini taʼminlash, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, so‘z erkinligini mustahkamlash qolaversa, insonparvarlik tamoyili asosida yo‘ldan adashganlarga yana bir imkon berish hamda ularni jamiyatga moslashtirish borasida amalga oshirilgan salmoqli ishlar haqida so‘z bordi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda 2020 yilda qabul qilingan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasining ahamiyati haqida ham talabalarga maʼlumot berildi.
Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati