Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
HUQUQIY JAMIYAT VA TARAQQIYOTIMIZNING MUSTAHKAM POYDEVORI
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda  parlament aʼzolari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Inson huquqlari Milliy markazi masʼul xodimlari, shuningdek Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. 

Taʼkidlab o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyatimizning mustahkam poydevori sifatida yurtimiz fuqarolarining bugungi hayoti va ertangi kelajagini taʼminlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz mohiyatiga singdirilgan tamoyillarni hayotga izchil tatbiq etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar Bosh qomusimizning hayotbaxsh qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi. Aynan shu sababli ham, Bosh qomusimizni ehtirom bilan ulug‘lashimiz, unga izchil amal qilishimiz, Asosiy qonunimizda mujassam bo‘lgan ajdodlarimizning buyuk merosi va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz qalbiga chuqur singdirishimiz lozim.

Ilmiy-amaliy anjuman mehmonlari “Inson huquq va erkinliklarini himoyalashda konstitutsiyaviy odil sudlov organi”, “Millatlararo hamjihatlik va dinlararo bag‘rikenglikning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari”, “Ombudsman institutining inson huquq va erkinliklarini taʼminlashdagi roli”, “Yangi O‘zbekiston konstitutsiyaviy qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari” mavzularida maʼruza qilib, Bosh Qomusimizning mamlakatimiz taqdiri, jamiyat farovonligi, har bir insonning huquq va erkinliklarini belgilashda beqiyos ahamiyat kasb etuvchi muhim hujjat ekanligini aytib o‘tdilar.

Akademiya ilmiy tadqiqotchilari, magistratura tinglovchilari va kunduzgi taʼlim bakalavriati kursantlari ishtirok etgan ilmiy anjuman davomida ekspertlar tomonidan dolzarb fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Anjuman doirasida Axborot-resurs markazi qoshida kitob yarmarkasi ham tashkil qilindi.