Darhaqiqat, Bosh qomusimizning 14 moddasida taʼkidlanganidek, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Konstitutsiyada insonning asosiy huquq va erkinliklariga oliy yuridik maqomi berilib, davlat hokimiyati o‘z faoliyatini inson — davlatning faol ishtirokchisi va oliy qadriyati ekanligi nuqtai nazaridan tashkil etishi kerakligi belgilandi.
Maʼlumki, inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan.
Barcha uchun kamsitishlarsiz, insonga erkin va maqbul sharoitlarda ijtimoiy adolatni eʼlon qilgan birinchi hujjatlardan biri - Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidir. 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan mazkur hujjatda insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro‘yxati va mazmuni mustahkamlab qo‘yilgan. Unda «barcha insonlar erkin va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug‘iladilar.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qatʼi nazar har bir insonning ehtiyojlarsiz va o‘z shaxsiy daxlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so‘z va eʼtiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikka bo‘lgan huquqi mustahkamlab qo‘yilgan.Konstitutsiyamizning qabul qilinganiga bu yil 29 yil to‘ldi. Faxr bilan qayd etish lozimki, o‘tgan davr mobaynida Bosh qomusimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro standartlarga mos ravishda ishlab chiqilgani va inson huquq va erkinliklariga ustuvorlik berilgani eʼtirof etilmoqda.
Darhaqiqat, Bosh qomusimizning 14 moddasida taʼkidlanganidek, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
Konstitutsiyada insonning asosiy huquq va erkinliklariga oliy yuridik maqomi berilib, davlat hokimiyati o‘z faoliyatini inson — davlatning faol ishtirokchisi va oliy qadriyati ekanligi nuqtai nazaridan tashkil etishi kerakligi belgilandi.
Maʼlumki, inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YUNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan.
Barcha uchun kamsitishlarsiz, insonga erkin va maqbul sharoitlarda ijtimoiy adolatni eʼlon qilgan birinchi hujjatlardan biri - Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidir. 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan mazkur hujjatda insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro‘yxati va mazmuni mustahkamlab qo‘yilgan. Unda «barcha insonlar erkin va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug‘iladilar.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa eʼtiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qatʼi nazar har bir insonning ehtiyojlarsiz va o‘z shaxsiy daxlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so‘z va eʼtiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikka bo‘lgan huquqi mustahkamlab qo‘yilgan.
Dunyoning vijdoni, deb ham eʼtirof etiladigan ushbu deklaratsiyadagi normalar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham aks etgan. Masalan, Bosh Qomusimizning 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi hamda ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida teng ekani hamda imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yilishi va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shartligi belgilangan.
Qolaversa, Konstitutsiyamizning «Shaxsiy huquq va erkinliklar» deb nomlangan bobida yashash huquqi va daxlsizlik huquqiga oid normalar mavjud. Yaʼni, yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqi ekani va har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egaligi belgilangan. Bosh qomusimizga muvofiq, hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
Qayd etish lozimki, o‘tgan davr mobaynida inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlashning yangi mexanizmlari ishlab chiqildi, qonunchilikka tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, yangi qonunlar, strategiyalar, yo‘l xaritalari qabul qilindi va inson huquqlarini taʼminlash borasida samarali natijalarga erishildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyati misolida ko‘radigan bo‘lsak, Vakilga inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning yangi zamonaviy hamda samarali mexanizmlari taqdim etilganini qayd etish lozim.
Jumladan, so‘nggi yillarda Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish, uning majlislarida ishtirok etishi va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etish, fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab arizalar va daʼvolar bilan sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining axborotini eshitish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi taklif bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘mitalariga murojaat qilish, inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish va boshqa huquqlarga ega bo‘ldi.
Joriy yil 10 sentyabrda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni bilan esa Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilmoqda.
Chunki inson huquqlari himoyasiga oid eng samarali takliflar aynan Inson huquqlari bo‘yicha vakilning kundalik amaliyotida, odamlar, davlat va nodavlat tashkilotlari, sud hokimiyati va ekspertlik hamjamiyati bilan bevosita hamkorligida shakllanadi. Bu borada yechimini kutayotgan muammolar ham aynan shu jarayonda yuzaga chiqadi.
Shu jihatdan Farmon Ombudsmanga fuqarolar murojaatlarini o‘rganish orqali qonunchilik hujjatlaridagi kamchiliklarni to‘ldirish imkonini beradi hamda Ombudsmanning fuqarolar huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha vakolatlarini kengaytiradi. Qolaversa, Ombudsmanning hududlardagi faoliyati yana-da kuchaytirilib, 2022 yilning 1 yanvaridan Ombudsmanning mintaqaviy vakillari doimiy asosda faoliyat yuritishi esa, xalqimizning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ularning masalalarini bevosita joyida tezkorlik bilan hal etish orqali taʼminlanishiga zamin yaratadi.
Zero, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) institutining ham asosiy maqsadi insonlarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining to‘liq taʼminlanishiga erishishdan iborat.
Feruza Eshmatova,
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)