100 nafarga yaqin fuqaro ishtirok etgan qabul davomida uy-joy, bandlik, ijtimoiy yordam, firibgarlik, sud-huquq, kredit va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushib, nazoratga olindi. Baʼzi murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi.
Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning barchasi Ombudsman nazoratiga olinib, ularni o‘rganish va inson huquqlarini taʼminlash buyicha ishga kirishildi. Joyiga chiqib o‘rganish talab etiladigan murojaatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) xududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborildi.
Manzil: 100027, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Islom Karimov shox ko‘chasi 16A-uy
Ishonch telefoni: 1096
Elektron pochta: info_ombudsman.uzb@umail.uz
Rasmiy sayt: www.ombudsman.uz
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati