Yil yakunida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, Ombudsman instituti mavqeini oshirish va xalqaro aloqalarni rivojlantirish, qonun ijodkorligi va huquqiy-tahlil, murojaatlar bilan ishlash hamda qiynoqqa qarshi kurashish yo‘nalishida yaxshi natija ko‘rsatgan qator xodimlar taqdirlandi. Jumladan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori mudiri Jasur Islamov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Inson huquqlarini taʼminlash bo‘yicha monitoring va huquqiy tahlil sektori mudiri Gabit Aydarov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Bunyodjon Eshonkulov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori yetakchi mutaxassisi Fozila Turobova, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarining oldini olish bo‘limining birinchi toifali mutaxassisi Suxrob Mamajonov va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining Murojaatlar bilan ishlash sektorining birinchi toifali mutaxassisi Eldor Jo‘rayevlarning xizmatlari eʼtirof etildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati