Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
"Bola huquqlari: tug‘ilganlikni qayd etishning milliy va xalqaro amaliyoti" mavzusida davra suhbati
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida “Bola huquqlari: tug‘ilganlikni qayd etishning milliy va xalqaro amaliyoti” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bola huquqlari bo'yicha Ombudsman Aliya Yunusova Yuridik klinika «Street Law» jamoasi bilan birgalikda tug'ilishni qayd etishning milliy va xalqaro amaliyoti masalasini ko'rib chiqdi.

Ma’lumki, 2021-yil davomida «Street Law» voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish masalasini ko‘rib chiqdi va shu orqali sud tizimi faoliyatidagi, xususan, bolalar huquqlari bilan bog‘liq kamchiliklarni aniqladi. Endilikda Street Law tug'ilganlikni qayd etish tizimini tekshirishni boshlaydi. Bu orqali esa vakolatli organlar tomonidan yo'l qo'yilgan xatolarni aniqlab, bolaning keyingi huquqlarining bir qator buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan oqibatlar oldini oladi.