Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Bolalar Ombudsmani onalik huquqidan mahrum bo‘lgan fuqaro murojaatini nazoratga oldi
Ayol borki, olam munavvar. U mehribon uy bekasi, xonadon charog‘boni bo‘lishi bilan bir qatorda kelajagimiz bo‘lmish yosh avlodni dunyoga keltiruvchi ona hamdir.

Afsuski qizlarni erta turmushga berish holatlari ham uchrab turadi. Shu masalada Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga Jizzax viloyatida yashovchi B.G. murojaat qilib, maktabni faqat 5 sinfini tugatganligi, qolgan vaqtda oila tashvishida bo‘lganligi, 14 yoshida uydagilari tomonidan turmushga uzatilgani, birinchi turmushi o‘xshamay ikkinchi turmushga 4-xotin qilib uzatilganligi va Achinarlisi har ikkala turmushida ham qonuniy nikoh qayd etilmasdan, sharʼiy nikoh asosida yashab kelganligini bayon qildi.

Ayol sharʼiy eri tomonidan muntazam kaltaklanib kelganligi, 4 nafar bolasi borligini, hozirda eri uni uydan haydab yuborganligi 4 nafar bolasiga nisbatan onalik huquqini sud tartibida bekor qildirib, ayoldan bolalariga nisbatan aliment undirgani, onalik huquqini tiklashda amaliy yordam so‘radi. Bu holatda ayol xizmatkor sifatida ishlatilishi, unga qul sifatida qarashi, urishi tahqirlanishi kabi zulmga duchor bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha sud tomonidan 2019 yil 18 iyul kuni B.G. 4 nafar farzandiga nisbatan onalik huquqidan mahrum qilingan.

Sudda va undan keyingi bosqichlarda yetarli huquqiy savodxonligi yo‘q bo‘lganligi bois, o‘z haq huquqlarini himoya qila ololmaganligini o‘z arizasida keltirib o‘tdi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan fuqaroning arizasi yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirish berildi va arizasi o‘rnatilgan tartibda nazoratga olinib, onalik huquqini tiklash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati