Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Hurmatli murojaatchi,
Hozirda www.ombudsman.uz saytida vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan, Ombudsman va uning mintaqaviy vakillariga kelib tushayotgan murojaatlarning qayd etilishi, umumlashtirilishi va tizimlashtirilgan holda ko‘rib chiqilishi ustidan nazorat qilishni taʼminlovchi Yagona axborot tizimi bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Shu  sababli www.ombudsman.uz saytining bosh sahifasidagi “Internet qabulxona” xizmatining ishga tushish muddati uzaytirilgan. Hozirda bu boradagi ishlar yakunlanish arafasida.

www.ombudsman.uz saytidagi “Taklif berish”, “Savolingizni yozing” va “OAVdan murojaat” xizmatlari aholi murojaatlarini qabul qilishga mo‘ljallanmagan. Sayt test rejimida ishlayotgani va qator texnik sabablarga ko‘ra, yuborayotgan murojaatingiz matni bizga ko‘rinmaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, murojaatingiz bo‘lsa, info_ombudsman.uzb@umail.uz elektron pochtamizga yoki https://pm.gov.uz/uz#/authorities/2/54/_apply havolasi orqali onlayn murojaat qoldirishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

Shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Kotibiyati binosida Ombudsman mutaxassislari tomonidan belgilangan jadval asosida dushanba – juma kunlari soat 10:00 dan 13:00 gacha va 15:00 dan 17:00 gacha o‘tkazilayotgan fuqarolar qabuliga kelishingiz mumkin.

Manzil: 100027, Toshkent shahar Shayxontohur tumani Islom Karimov shox ko‘chasi 16A-uy

Ishonch telefoni: 1096

Hurmat bilan,

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati