Xabaringiz bor, 2021 yilda Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi tomonidan Ombudsman instituti “B” maqomga ko‘tarilgan edi. Uchrashuvda Vakil institutini yuqori “A” maqomga erishishi bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, O‘zbekistonda inson qadrini yuksaltirish tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlar eʼtirof etildi.
O‘zaro suhbat davomida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili institutining fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorligini yana-da kengaytirish, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini taʼminlashda ular bilan samarali hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Muloqot davomida yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida maʼlumot berildi va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati