Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Bursa maʼmuriyati bilan bo‘lgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bilan bog‘liq olib borilayotgan islohotlarga to‘xtalib, Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasi taʼsis etilishi Turkiy tilli davlatlar o‘rtasida inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning o‘zaro hamkorligini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishi va bu jarayon bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuv jarayonida Turkiya Bosh Ombudsmani Turkiy tilli davlatlar Ombudsmanlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar Assotsiatsiyasini tuzishda aynan Bursa shahri tanlanganligining o‘ziga xos ahamiyatiga to‘xtalib, Bursa turk dunyosi bilan chambarchas bog‘liqligi, va Buxoro Turk dunyosining tayanch chiziqlaridan ekanligini taʼkidlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) Axborot xizmati