2022 yilning 12 may kuni mintaqaviy vakil darhol viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi masʼul xodimi bilan birgalikda murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi.
Aniqlanishicha, 11-son tergov hibsxonasi kameralarida soat 22:00 dan ertalabki 6:00ga qadar elektr energiyasidan foydalanish taʼqiqlangan. Mana shu paytlarda muassasada saqlanayotgan mahbuslarning suv ichishga ehtiyoji bo‘lganda qaynatilmagan suv ichishga majbur bo‘lgan.
O‘rganish jarayonida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi masʼul xodimi tomonidan suvning sifati tekshirilib, mahbuslarga suvni faqat qaynatilgan holatda isteʼmol qilinishi tavsiya etildi.
Monitoring jarayonida har bir kamerada suvni qaynatish jihozlari mavjud ekanligi aniqlandi va mahbuslarga soat 22.00 ga qadar kerakli miqdorda qaynatilgan suvni zaxiralashlari kerakligi tushuntirildi.
Monitoring doirasida tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxslarga yaratilgan sharoitlar bo‘yicha mahbuslarning fikrlari ham o‘rganildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati